Categories

Term Conditions Page

Mijozlar uchun Oferta.

Unimartning http://Unimart.uz savdo maydonchasi orqali tovarlarni sotib olish boʼyicha mijozlar uchun ommaviy ofertasi

Mazkur ommaviy oferta (keyingi oʼrinlarda - shartnoma) «Unimart»ning ushbu shartnoma shartlari asosida mahsulotlarga doir oldi-sotdi shartnomasini tuzish layoqati va zarur vakolatga ega boʼlgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoʼnaltirilgan rasmiy taklifi xisoblanadi hamda http://Unimart.uz elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladigan mahsulotlar oldi – sotdisiga oid barcha talablarni oʼz ichiga oladi. Oferta shartnomasining taraflari boʼlib “Xaridor”, “Sotuvchi” va Unimart hisoblanadi hamda ular birgalikda “Taraflar”deb nomlanadi.

Xaridor - http://Unimart.uz elektron savdo maydonchasi orqali “Sotuvchi” taqdim etayotgan mahsulotlarni sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.

Sotuvchi - http://Unimart.uz elektron savdo maydonchasiga mahsulotlarni taqdim etuvchi xoʼjalik yurituvchi subʼekt.

Bank - http://Unimart.uz elektron savdo maydonchasi orqali “Sotuvchi” taqdim etayotgan mahsulotlarni sotib olish jarayonida “Xaridor”ning toʼlov qobilyati hamda uning ehtiyojlaridan kelib chiqib kredit ajratuvchi moliya muassasasi

I. UMUMIY QOIDАLАR.

1.1. http://Unimart.uz elektron savdo maydonchasi «Unimart» mijozlar uchun ko’rsatadigan xizmati hisoblanadi hamda elektron savdo maydonchasida “Sotuvchi”lar tomonidan joylashtirilgan mahsulotlarga buyurtma berish orqali “Xaridor” ushbu oferta shartnomasining barcha shartlariga oʼz roziligini bildiradi.

1.2. Elektron savdo maydonchasi mamuriyati («Unimart») “Xaridor”ni hamda “Sotuvchi”larni oldindan ogohlantirmagan holda oferta shartnomasining shartlariga oʼzgartirish kiritish huquqiga ega va bu toʼgʼrisida elektron savdo maydonchasida maʼlumot eʼlon qilinadi.

1.3. “Taraflar” uchun mazkur oferta shartnomasida belgilangan majburiyatlarning amal qilishi ular ushbu shartnoma doirasidagi majburiyatlarini toʼliq bajarganlaridan soʼng tugagan hisoblanadi.

II. TOVАR NАRXI.

2.1. “Xaridor” tomonidan sotib olinayotgan har bir mahsulotning narxi http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasida koʼrsatilgan.

2.2. http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan har bir mahsulotning narxi alohida “Sotuvchi”lar tomonidan mustaqil belgilanadi.

2.3. http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan har bir mahsulotning narxi Oʼzbekiston Respublikasining milliy valyutasi-Soʼmda koʼrsatiladi.

2.4.”Sotuvchi”lar tomonidan http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan har bir mahsulotning narxini “Sotuvchi” bir tomonlama taraflarni ogohlantirmasdan Tovar pozitsiyasi uchun narxlarni oʼzgartirish huquqiga ega.

2.5. http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasi “Xaridor” tomonidan buyurtma berilgan mahsulotlarning narxini “Sotuvchi” tomonidan “Xaridor”ning manfaatiga zid keladigan holatlar boʼyicha (yaʼni mahsulotlarning narxini oshirish pozitsiyasi boʼyicha) oʼzgartirish huquqi cheklanadi.

III. SHАRTNOMАNI RАSMIYLАSHTIRISH TАRTIBI.

3.1. Mazkur shartnoma Ommaviy oferta shartnomasi hisoblanib, uning shartlari Taraflar uchun uning shartlarini muhokamalarsiz qabul qilinishini belgilaydi. Shartnoma “Xaridor” tomonidan http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasi orqali buyurtma berilib tasdiqlanganidan soʼng kuchga kirgan hisoblanadi.

3.3. http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasidagi grafik tasvir-namunalari koʼrinishida taqdim etilgan mahsulotlar elektron savdo maydonchasi yaratuvchisining xususiy mulki hisoblanadi.

3.4.”Xaridor” soʼroviga asosan http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasidagi “Sotuvchi”lar (telefon yoki elektron pochta orqali) “Xaridor” uchun zaruriy va subьektiv nigohda yetarli hisoblangan ma’lumotni mahsulot xaridiga doir qaror qabul qilinishi uchun taqdim etishga majburdirlar.

3.5. “Xaridor”lar tomonidan tovarlarga buyurtma berilishi uning mazkur shartnoma talablariga eʼtirozsiz ravishda roziligini anglatadi.

3.6. “Sotuvchi”ning (buyurtmani rasmiylashtirgan) http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasi orqali muayyan mahsulotni sotib olgan “Xaridor” mazkur shartnoma doirasida hamda shartlari asosida “Sotuvchi” bilan savdo munosabatlariga kirishgan shaxs sifatida baholanadi.

IV. TАRАFLАRNING HUQUQLАRI VА MАJBURIYaTLАRI.

 

 4.1. “Xaridor”ning majburiyatlari:

4.1.1 “Xaridor” shartnomani tasdiqlash oldidan undagi maʼlumotlar va shartlar, “Sotuvchi” http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan mahsulotlarning narxlari va u bilan bogʼliq maʼlumotlar bilan toʼliq tanishib chiqishi lozim.

4.1.2 “Sotuvchi” oʼz majburiyatlarini bajarishi uchun “Xaridor” uni mijoz sifatida aniqlashga yordam beradigan va mahsulotni yetkazib berish xizmatidan foydalanilgan taqdirda buning uchun kerakli barcha maʼlumotlarni “Sotuvchi”ga taqdim etishi lozim boʼladi.

4.1.3 Oferta shartnomasi doirasida buyurtma berilgan mahsulot va uni yetkazib berish xizmati uchun toʼlovni amalga oshirishi lozim ( Аgar ushbu turdagi toʼlovlar “Sotuvchi” tomonidan belgilangan boʼlsa).

4.1.4 “Sotuvchi” hamda “Xaridor” oʼrtasida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan turli bahsli holatlarni oldini olish maqsadida buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida “Sotuvchi” tomonidan http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan mahsulotlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqishi lozim.

4.2. “Sotuvchi”ning majburiyatlari:

4.2.1 “Sotuvchi” tomonidan http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan mahsulotlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar kiritishi shart.

4.2.2 “Sotuvchi” tomonidan http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan mahsulotlar toʼgʼrisida kiritilgan maʼlumotlar va ularning aniqligi va toʼgʼriligi uchun javobgar hisoblanadi.

4.2.3 “Xaridor” tomonidan tanlangan va buyurtma berilgan tovarni “Sotuvchi” tomonidan 5 (uch) bank ish kuni davomida yetkazib berilishi taʼminlanadi.

4.2.3 “Sotuvchi” tomonidan yetkazilgan maxsulot u tomonidan tavsiflagandek sifatli boʼlmasa yoki boshqa maʼlumotlarga nomutanosib boʼlganligini “Xaridor” tomonidan isbotlangan taqdirda, qaytarib olingan tovar uchun toʼlovlar naqd pulda yoki “Xaridor”ning boshqa hisob raqamlariga oʼtkaziladi va toʼlov uch bank ish kunidan kechiktirmasdan “Xaridor”ning xisob raqamiga yoʼnaltiriladi.

4.3. “Bank”ning majburiyatlari:

4.3.1 “Xaridor” tomonidan http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan mahsulotlar xaridi jarayonida ushbu mahsulotlarni oʼzining ehtiyojidan kelib chiqib kredit tartibida olish istagi bildirilganida uning kredit olish talabini “Xaridor”ning toʼlov qobilyatidan kelib chiqib kredit ajratish.

 4.4. “Xaridor”ning huquqlari:

 4.4.1 http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan mahsulotlarni xarid qilish, mahsulotlarning tavsifi boʼyicha “Sotuvchi”dan qoʼshimcha maʼlumotlarni soʼrab olish.

          4.4.2 http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasida xarid qilingan mahsulotlarni “Sotuvchi” tavsiflagandek sifatli boʼlmasa yoki boshqa maʼlumotlarga nomutanosib boʼlgan taqdirda mahsulotning qadogʼi ochilmagan holda “Sotuvchi”ga qayotarish.

 4.5. “Sotuvchi”ning huquqlari:

 4.5.1 “Xaridor”dan xarid qilingan mahsulotlarning yetkazib berilishi toʼgʼrisida uning yetkazish manzili va boshqa aniqlik kiritilishi lozim boʼlgan maʼlumotlarni talab qilish.

 4.6. “Bank”ning huquqlari:

 4.6.1 Аjratilgan kredit mablagʼlarini “Xaridor”tomonidan oʼz vaqtida toʼlanishini talab qilish.

          4.6.2 Аjratilgan kredit mablagʼlarini “Xaridor”tomonidan oʼz vaqtida toʼlanmagan taqdirda sud organlariga murojaat qilish orqali undirish choralarini koʼrish va undirish uchun bank “Sotuvchi”dan “Xaridor” haqidagi qoʼshimcha (tovar yetkazilgan joy, tovar haqidagi va h.k.) maʼlumotlar hamda koʼmak talab qilishga haqli.

V. BUYURTMАNI RАSMIYLАSHTIRISH

5.1. Mahsulotlarga “Xaridor” tomonidan http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasi orqali buyurtma beriladi.

5.2. http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasi roʼyxatdan oʼtish vaqtida xaridor quyidagi maʼlumotlarni taqdim qilishi lozim.

5.2.1 Xaridorning familiyasi, ismi, otasining ismi;

5.2.2 Tovar yetkazib beriladigan manzil;

5.2.3 Elektron pochta manzili;

5.2.4 Bogʼlanish uchun telefon raqami.

5.3 “Xaridor” http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasi orqali mazkur oferta shartnomasini tasdiqlash orqali mahsulot uchun buyurtmani rasmiylashtirgan boʼlsa “Sotuvchi” mahsulotni yetkazib berish bilan yoki uning boshqa jihatlari bilan bogʼliq maʼlumotlarni “Xaridor”dan soʼrash huquqiga ega.

VI. YAKUNIY QOIDАLАR

 6.1 Mazkur oferta shartnomasi “Xaridor” http://Unimart.uz internet-manzilida joylashgan elektron savdo maydonchasi orqali mahsulot xarid qilish toʼgʼrisida arizani tasdiqlaganidan soʼng qonuniy kuchga kiradi.

 6.2 Taraflar ushbu shartnoma shartlari doirasida bir birlarining majburiyatlari uchun javobgar emas.